O'RTA ASRLAR TARIXI NIMANI O'RGATADI? 

O'rta asrlar tarixini davrlashtirish. 
O'rta asrlar tarixi ikki yirik davrga bo'linadi: 

1. Milodiy V asr oxiridan - XI asr
o'rtalariga qadar: 

1 Yangi feodal jamiyatiga o'tish;
2 Yer egaligining yangi turlari (yirik
yer egalari - feodallar, qaram
dehqonlar toifalari) shakllanishi;
3 G'arbiy Yevropada yangi diniy
ta'limot - xristianlikning keng tarqalishi;
4 Sharqda islom dinining vujudga
kelishi va tarqalishi;
5 Yirik feodal davlatlarning paydo
bo'lishi. 

2. XI asrning o'rtalaridan - XV asr
oxiriga qadar: 

1 Yer egaligi ishlab chiqarish
munosabatlarining yuksalishi;
2 O'z-o'zini ta'minlovchi - natural
xo'jalikdan, bozor uchun mahsulot
yetishtiruvchi xo'jalikka o'tilishi;
3 O'rta asrlarda shaharlarning va hunarmandchilik sexlarining
taraqqiyoti;
4 Savdoning yuksalishi: xalqaro
savdo, bozor, yarmarka va birjalar;
5 Yevropa shaharlarining senorlar
hukmronligidan ozod bo'lish uchun kurashi;
6 Erkin shaharlar, shahar
respublikalar va yirik markazlashgan
davlatlarning shakllanishi;
7 Markaziy hokimiyatning obro'-
e'tiborining o'sib borishi; 
8 Toifaviy hokimiyat organlari
(parlament, General shtatlar)ning
shakllanishi;
9 Xristian cherkovi va salib yurishlari;
10 Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika
xalqlari tarixi; 
11 Dunyo xalqlarining ilm-fani va
madaniyati. 

O'rta asrlar tarixi manbalari. 
O'rta asrlar tarixiga oid manbalar ikki
asosiy turga bo'linadi. 

1. Yozma manbalar: 
1 Tarixiy yilnoma va solnomalar;
2 Rasmiy hujjatlar: soliq, jarima, sud,
oldi-sotdi, qarz majburiyatlari bilan
bog'liq;
2 Imperator, qirol va sultonlarning
farmonlari, farmoyishlari; 

O'rta asrlarda dastlab barcha hujjat va
kitoblar xattotlar tomonidan bitilgan.
XI asrda Xitoyda, XV asr o'rtalarida
Yevropada kitob bosish
dastgohlarining yaratilishi natijasida
yozma manbalar soni keskin ko'payadi. 

2. Moddiy manbalar:
 
1 Badiiy-tasviriy asarlar: haykallar,
suratlar, amaliy san'at namunalari.
2 Tarixiy muzeylardagi mehnat va
jang qurollari;
3 Turli tanga-chaqalar;
4 Kiyim-kechak va taqinchoqlar; 
5 Uy-joylar va jihozlar;
6 Saroylar, qasrlar, ibodatxonalar.